Xotin-qizlar kollej va texnikumlarda grant asosida o'qiydi
Hukumat qaroriga muvofiq, ta'lim tizimida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhim yangilik joriy etildi. Endilikda bir qator ustuvor sohalarda tahsil olayotgan talaba qizlar davlat granti asosida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Qaysi sohalar grant asosida o'qitiladi?
Davlat granti quyidagi yo'nalishlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarga taqdim etiladi:
- Qurilish va transport;
- Kommunal xo'jaligi;
- Qishloq xo'jaligi;
- Xizmat ko'rsatish sohasi.
Grant olish uchun nima qilish kerak?
Hozirda to'lov-kontrakt asosida o'qiyotgan xotin-qizlar joriy yilning 10-oktyabriga qadar o'quv muassasasi direktori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari zarur. Grant mablag'larining shaffof va maqsadli sarflanishi uchun ta'lim muassasasi rahbarlari shaxsan javobgardir.
Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklar va abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishishni unutmang. Shuningdek, kelgusi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bazasini ko'rib chiqish tavsiya etiladi.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.