South China Normal University grant dasturi haqida
Xitoyning nufuzli oliygohlaridan biri South China Normal University (SCNU) xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Universitet global miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, sifatli ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun barcha sharoitlarni yaratgan.

Guangdong Government Outstanding International Student Scholarship dasturi Guangdong viloyati hukumati tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, u bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida tahsil oluvchi iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Grantga muvofiqlik talablari
Grant dasturida ishtirok etish uchun quyidagi asosiy talablarga javob berishingiz kerak:
- Nomzod xorijiy fuqaro bo‘lishi va sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishi shart;
- Bakalavriat bosqichi uchun: 30 yoshdan oshmagan va o‘rta maktab diplomiga ega bo‘lish;
- Magistratura bosqichi uchun: 35 yoshdan oshmagan va bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Doktorantura bosqichi uchun: 40 yoshdan oshmagan va magistrlik darajasiga ega bo‘lish.
Ta’lim olish jarayoni va abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun saytimizni kuzatib boring.
Grant miqdori
Dastur doirasida talabalarga bir martalik stipendiyalar ajratiladi:
- Bakalavriat: 10 000 Xitoy yuani;
- Magistratura: 20 000 Xitoy yuani;
- Doktorantura: 30 000 Xitoy yuani.
Ariza topshirish tartibi
Eslatib o‘tamiz, stipendiya uchun baholanishdan oldin, nomzod SCNU universiteti tomonidan qabul qilinishi shart. Talabalar uchun o‘qishga kirish bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlar ham foydali bo‘lishi mumkin.
- 1-qadam: BU YERDAN ro‘yxatdan o‘ting va arizani yuklab oling;
- 2-qadam: Arizani to‘ldiring, chop eting va imzolang;
- 3-qadam: Hujjatlarning asl nusxalarini pochta orqali quyidagi manzilga yuboring: A104 xonasi, Xalqaro madaniyat maktabi, South China Normal University, № 55 Zhongshan Avenue, West, Guanchjou, Xitoy. Pochta indeksi: 510631.
Zaruriy hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.














Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.