Dalian tibbiyot universitetida to‘liq grant dasturi
Xitoy Ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan Chinese University Program xalqaro talabalarga Xitoyning nufuzli oliygohlarida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi. Hozirda Dalian tibbiyot universiteti tibbiyot yo‘nalishida magistratura bosqichi uchun grant tanlovini e’lon qildi.
Grantga qo‘yiladigan asosiy talablar
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Xitoy fuqarosi bo‘lmagan va sog‘lig‘i yaxshi bo‘lish;
- 35 yoshdan kichik bo‘lish va bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Professional tibbiyot magistri uchun: HSK 4 (180+ ball) sertifikati va MBBS yoki BDS darajasi;
- Akademik magistratura uchun: IELTS 5.5+ yoki TOEFL 80+ sertifikati;
- Ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlardan bo‘lgan nomzodlar til sertifikatidan ozod etilishi mumkin.
Grantning manfaatli jihatlari
Ushbu dastur doirasida talabalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
- O‘qish to‘lovlaridan to‘liq ozod etilish;
- Oylik stipendiya (yashash xarajatlari uchun RMB 700 va oziq-ovqat uchun RMB 300);
- Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi.
Eslatma: Borib-kelish va turar joy xarajatlari talabaning o‘z zimmasida.
Ariza topshirish tartibi
Nomzodlar Xitoy hukumati stipendiyalari portali va Dalian tibbiyot universiteti tizimida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Mavjud yo‘nalishlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishing.
Ta’lim yangiliklari va abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlarni kuzatib boring. Shuningdek, talabalar uchun ajratilgan bo‘limimizda xalqaro grantlar haqida batafsil ma’lumotlar mavjud.
Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.