Zhejiang A&F universiteti: Xitoyda bepul ta'lim imkoniyati
Xitoyda tahsil olishni orzu qilayotgan yoshlar uchun ajoyib yangilik! 1958-yilda tashkil etilgan Zhejiang A&F universiteti xalqaro talabalar uchun to'liq moliyalashtirilgan grant dasturini e'lon qildi. Bu talabalar uchun o'z bilim va ko'nikmalarini xalqaro darajada oshirish uchun katta imkoniyatdir.
Grant dasturi haqida
Zhejiang A&F universiteti qishloq xo'jaligi, texnologiya, iqtisod, huquq va tibbiyot kabi ko'plab sohalarda bakalavr hamda magistratura bosqichlarini taklif etadi. Grant dasturi munosib nomzodlarga moliyaviy yordam ko'rsatishni maqsad qilgan.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
- Barcha davlat fuqarolari;
- Bakalavriat uchun yoshi 30 dan oshmaganlar;
- Sog'lig'i yaxshi va xalqaro pasportga ega bo'lganlar;
- Xitoy tilini biladigan yoki HSK sertifikatiga ega nomzodlar;
- Yuqori akademik ko'rsatkichga ega talabgorlar.
Til talablari va hujjatlar
Agar xitoy tili darajangiz yetarli bo'lmasa, universitetda til kurslarida o'qish imkoniyati mavjud. Shuningdek, abituriyentlar uchun kerakli hujjatlar ro'yxati quyidagicha:
- Notarial tasdiqlangan diplom nusxasi;
- Pasport nusxasi;
- Tibbiy xulosa;
- Universitetdan qabul xati;
- HSK sertifikati va boshqa yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Ariza topshirish muddati
Grant dasturi uchun arizalar qabuli 22-maydan 23-iyungacha davom etadi. Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun universitetning rasmiy veb-sahifasiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.