2024-yilda chet elda o’qiyotgan o’zbekistonliklar soni

2024-yilda 35,9 ming o’zbekistonlik yoshlar xorijiy oliygohlarga o’qishga kirdi. Qaysi davlatlar eng ommabop? To’liq statistik ma’lumotlar bilan tanishing.

6
2024-yilda chet elda o’qiyotgan o’zbekistonliklar soni

O‘zbekistondan chet elga o‘qishga ketayotgan talabalar soni oshmoqda

O‘zbekiston fuqarolari orasida chet elda ta’lim olish tendensiyasi yildan-yilga ortib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil davomida 35,9 ming nafar o‘zbekistonlik yoshlar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun jo‘nab ketdi.

Agar siz ham xorijda yoki mahalliy oliygohlarda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalo kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eng ko‘p qaysi davlatlar tanlanmoqda?

O‘zbekistonlik talabalar orasida xorijiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi davlatlar yetakchilik qilmoqda:

  • Tojikiston – 12,8 ming nafar
  • Rossiya Federatsiyasi – 8,6 ming nafar
  • Qirg‘iz Respublikasi – 4 ming nafar
  • Turkiya – 2,7 ming nafar
  • Koreya Respublikasi – 2,1 ming nafar
  • Qozog‘iston – 1,6 ming nafar
  • Buyuk Britaniya – 792 nafar
  • Xitoy – 767 nafar
  • AQSh – 576 nafar
  • Birlashgan Arab Amirliklari – 390 nafar

Shuningdek, boshqa davlatlarga jami 1,6 ming nafar o‘zbekistonlik talaba sifatida ketgan. Xorijda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun sifatli bilim va xalqaro standartlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar