Xorijda o‘qishni tanlayotgan yoshlar soni oshmoqda
Davlat statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 11 oyi davomida 138,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijiy davlatlarga chiqib ketgan. Bu ko‘rsatkich yoshlarning xalqaro ta’limga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Qaysi davlatlar o‘zbekistonlik talabalar uchun eng ommabop?
Statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonliklar asosan qo‘shni davlatlar va rivojlangan mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalarini tanlashmoqda. Abituriyentlar uchun eng ko‘p tanlangan davlatlar ro‘yxati:
- Qirg‘iziston – 52 291 kishi
- Tojikiston – 47 213 kishi
- Rossiya – 13 128 kishi
- Qozog‘iston – 10 646 kishi
- Turkiya – 5 265 kishi
- Janubiy Koreya – 4 645 kishi
- AQSH – 987 kishi
- Buyuk Britaniya – 971 kishi
- Belarus – 928 kishi
- Germaniya – 772 kishi
Yaqin xorij mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari o‘z dasturlarida imtihonlarning nisbatan yengilligi, kirish imtihonlarining yo‘qligi va kontrakt narxlarining arzonligi bilan jalb qilmoqda. O‘z navbatida, mahalliy oliygohlar kirish ballari va ta’lim sifati ham doimiy tahlil ostida.
Ta’lim sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar va tahliliy materiallarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.