Harbin Texnologiya institutida to‘liq moliyalashtirilgan grant
Xitoyning nufuzli Harbin Texnologiya instituti (HIT) xalqaro talabalar uchun magistratura va doktorantura bosqichlarida to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturini e’lon qildi. QS reytingida 260-o‘rinni egallagan ushbu universitetda tahsil olish kelajagingiz uchun katta imkoniyatdir.
Grantning afzalliklari
- To‘liq o‘qish va turar joy to‘lovidan ozod etilish;
- Yillik tibbiy sug‘urta (800 RMB);
- Magistratura uchun oyiga 3000 RMB ($470);
- Doktorantura uchun oyiga 3500 RMB ($550).
Magistratura va doktorantura yo‘nalishlari
Universitetda muhandislik, IT, iqtisodiyot, arxitektura va gumanitar fanlar bo‘yicha keng ko‘lamli yo‘nalishlar mavjud. O‘z yo‘nalishingizni tanlashda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish foydali bo‘lishi mumkin.
Muvofiqlik mezonlari
- Nomzod Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
- Magistratura uchun bakalavr darajasi va 35 yoshgacha bo‘lish;
- Doktorantura uchun magistr darajasi va 40 yoshgacha bo‘lish;
- Yuqori akademik ko‘rsatkichlar va ilmiy tadqiqot qobiliyati.
Kerakli hujjatlar va ariza topshirish
Ariza topshirish jarayoni va hujjatlar ro‘yxati bilan batafsil tanishish uchun universitetning rasmiy sahifasiga o‘ting. Talabalar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha resurslardan foydalanib, hujjatlaringizni to‘g‘ri tayyorlang.

Oxirgi muddat: 31.03.2022. Arizalar pochta orqali yuborilishi shart. Batafsil ma’lumot uchun rasmiy saytga murojaat qiling.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.