Slovakiyada bepul ta'lim: National Scholarship Programme grant dasturi
Slovakiya hukumati xalqaro miqyosdagi faol bakalavriat (3-4-bosqich), magistratura va PhD talabalari, shuningdek, yosh tadqiqotchilar hamda o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida National Scholarship Programme grantini e’lon qildi. Bu dastur Slovakiya fuqarosi bo‘lmagan barcha xalqaro talabalar uchun ochiq.
Grant dasturi shartlari va talablar
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga javob berishingiz kerak:
- Slovakiyadan tashqaridagi oliygohlarda tahsil olayotgan bo‘lish;
- Bakalavriat bosqichida kamida 2.5 yil o‘qigan bo‘lish yoki magistratura/PhD bosqichida tahsil olish;
- Universitet o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilar ham arizalarini topshirishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun talabalar uchun foydali ma'lumotlar sahifasiga tashrif buyuring.
Grantning afzalliklari
Dastur doirasida quyidagi moliyaviy imtiyozlar taqdim etiladi:
- Bakalavriat va magistratura talabalari uchun: 400 yevro;
- PhD talabalari uchun: 734 yevro;
- O‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun: 1050 yevro.
Bundan tashqari, turar joy, oziq-ovqat va safar xarajatlari masofaga qarab qoplab beriladi (0 dan 1000 yevrogacha). Dastur davomiyligi 1 oydan 10 oygacha etib belgilangan.
Kerakli hujjatlar va topshirish jarayoni
Grantni qo‘lga kiritish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- CV/Resume va motivatsion xat;
- Batafsil o‘quv dasturi (Detailed study program);
- Universitet o‘qituvchilaridan 2 ta tavsiyanoma;
- Diplom yoki baholar ko‘chirmasi;
- Slovakiyadagi universitetdan qabul xati (Letter of Acceptance).
Arizalar rasmiy onlayn ro‘yxatdan o‘tish sayti orqali qabul qilinadi. Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan boshqa xorijiy dasturlar haqida ham ma'lumot olishingiz mumkin.
Muhim sanalar
Dasturga hujjat topshirishning oxirgi muddati: 30-aprel, 16:00 CET. Batafsil ma'lumotlar bilan Milliy stipendiya dasturi rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin.















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.