ServiceScape Scholarship: 1000$ yutib olish imkoniyati

ServiceScape Scholarship 2021 grant dasturi orqali 1000$ yutib olishni xohlaysizmi? Insholar tanlovida qatnashing va o’qish xarajatlaringizni qoplang!

5
ServiceScape Scholarship: 1000$ yutib olish imkoniyati

ServiceScape Scholarship 2021: 1000$ yutib oling

Abituriyentlar va talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Agar siz universitet yoki kollejga qabul qilingan bo‘lsangiz va o‘qish xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy ko‘mak izlayotgan bo‘lsangiz, ServiceScape Scholarship 2021 grant dasturida ishtirok eting.

Tanlov shartlari qanday?

Ushbu tanlov “How does writing impact today’s world” (Yozish san’ati bugungi dunyoga qanday ta’sir qiladi?) mavzusida insholar yozishni talab qiladi. G‘olib bo‘lgan nomzod 1000$ miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.

Ishtirok etish mezonlari

  • Nomzod davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoki tahsil olishi kutilayotgan bo‘lishi kerak;
  • Eng kamida 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi shart;
  • ServiceScape xodimlari va ularning oila a’zolari qatnasha olmaydi;
  • Har bir nomzod faqat bir marotaba ariza yuborishi mumkin;
  • Barcha hujjatlar va insho ingliz tilida bo‘lishi lozim.

Muhim sanalar va ma’lumotlar

Arizalar 2020-yilning 1-dekabridan 2021-yilning 30-noyabrigacha qabul qilinadi. G‘oliblar bilan 2021-yil dekabr oyiga qadar bog‘laniladi. Mukofot puli g‘olib aniqlanganidan so‘ng 4 hafta ichida yetkazib beriladi.

Siz abituriyentlar uchun foydali maslahatlar va talabalar uchun dolzarb yangiliklarni bizning saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot hamda onlayn ariza topshirish uchun BU YERGA bosing!

Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar