Kyungpook Milliy universiteti magistratura grantlari
Janubiy Koreyaning nufuzli Kyungpook Milliy universiteti (KNU) xalqaro talabalar uchun magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Ushbu dastur 50% dan 100% gacha grantlarni o‘z ichiga oladi.
Qaysi yo‘nalishlarda o‘qish mumkin?
Universitet quyidagi sohalar bo‘yicha yuqori sifatli ta’lim taklif etadi:
- Ijtimoiy fanlar
- Tabiiy fanlar
- Muhandislik
- Musiqa, san’at va jismoniy madaniyat
- Tibbiyot
- Huquq va sport
Nomzodlar uchun asosiy talablar
Dasturda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
- Bakalavriat diplomiga ega bo‘lish;
- Koreya fuqaroligiga ega bo‘lmaslik;
- Maktab va bakalavriat bosqichini Koreyada o‘tamagan bo‘lish.
Qabul jarayoni va kerakli hujjatlar
Ro‘yxatdan o‘tish KNU rasmiy sahifasi orqali amalga oshiriladi. Nomzodlar uchun talabalar uchun foydali ma’lumotlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Hujjatlar ro‘yxati:
- To‘ldirilgan ariza shakli va shaxsiy bayonot;
- Tavsiyanoma va o‘quv rejasi;
- Diplom va universitet transkripti;
- Til sertifikatlari (IELTS, TOEFL, TOPIK);
- Pasport nusxasi va tug‘ilganlik guvohnomasi;
- Portfolio (mavjud bo‘lsa).
Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish badali 600.000 KRW (taxminan 50$) hamda bank hisobida 18.000$ mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Siz abituriyentlar uchun taqdim etilgan boshqa imkoniyatlar va xorijiy universitetlar haqida batafsil ma’lumotlarni universitetning rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.