Talabalar uchun “Saylov bilimdoni” tanlovi
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ajoyib imkoniyat! Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Saylov bilimdoni” onlayn test tanlovi o‘z ishini boshladi. Ushbu tanlovda ishtirok etib, qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Tanlov bosqichlari va muddatlari
Onlayn test sinovlari 3 bosqichda o‘tkaziladi:
- 1-bosqich: 9–11-oktabr;
- 2-bosqich: 13–15-oktabr;
- 3-bosqich: 19-oktabr.
Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Qimmatbaho mukofotlar
G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin: Noutbuk;
- 2-o‘rin: Planshet (2 nafar);
- 3-o‘rin: Smartfon (3 nafar).
Qanday ro‘yxatdan o‘tish kerak?
Ishtirok etish uchun http://sb.bimm.uz tizimiga kiring va JSHIR orqali ro‘yxatdan o‘ting. Eslatma: har bir talabaga faqat bir marta test topshirish imkoni beriladi.
Ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklarni, xususan talabalar uchun foydali ma’lumotlarni va DTM standartidagi test tizimi imkoniyatlarini kuzatib borishni unutmang.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.