Ta’lim krediti haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 10 ta muhim fakt
Talabalar va abituriyentlar uchun o‘qish xarajatlarini yengillashtirishda ta’lim krediti eng samarali vositadir. Talabalar uchun ajratiladigan ushbu kreditning asosiy shartlari va imtiyozlarini tahlil qilamiz.
1. Imtiyozli foizlar va shartlar
- Xotin-qizlar uchun ta’lim krediti foizsiz ajratiladi.
- Yigitlar uchun kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi asosida taqdim etiladi.
2. Kimlar ta’lim krediti olishi mumkin?
Kredit davlat va nodavlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Oliy o‘quv yurtlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
3. Baholar ta’siri
Ikkinchi kursdan yuqori bo‘lgan talabalarning baholari o‘rtacha “3”dan past bo‘lsa, kredit shartnoma summasining atigi 80% qismiga ajratiladi.
4. Foizlar dinamikasi
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham avtomatik ravishda pasayadi. Agar stavka oshsa, kredit foizi o‘zgarishsiz qoladi.
5. Har yili olish imkoniyati
Talabalar ta’lim kreditini har bir o‘quv yili uchun qaytadan rasmiylashtirishlari mumkin.
6. Superkontrakt masalasi
Muhim eslatma: “Superkontrakt” asosida o‘qiyotgan talabalar ta’lim kreditidan foydalana olmaydilar.
7. Imtiyozli to‘lov muddati
Kreditni qaytarish o‘qish tugagandan so‘ng 7 oydan boshlanadi va 7 yil davomida amalga oshiriladi.
8. Garovsiz kreditlar
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun kredit olishda garov yoki kafillik talab etilmaydi.
9. Onlayn ariza topshirish
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab arizalar talim-krediti.mf.uz yoki my.gov.uz portallari orqali onlayn qabul qilinadi.
Xulosa
Ta’lim krediti — kelajagingizga sarmoya kiritishning eng qulay yo‘li. Belgilangan imtiyozlardan unumli foydalaning.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.