Argentinada Janubiy Amerika biznes forumi (SABF 2022)
Talabalar va abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Argentinada bo‘lib o‘tadigan nufuzli Janubiy Amerika biznes forumi (SABF) o‘z eshiklarini ochmoqda.
SABF forumi nima?
SABF – bu butun dunyodan 100 nafar iqtidorli universitet talabalarini, shuningdek, biznes, siyosiy va akademik sohalarning 40 nafar yetakchilarini jamlaydigan xalqaro platformadir. Bu talabalar uchun o‘z bilim va tajribalarini oshirish uchun ajoyib imkoniyat.
Ishtirok etish talablari:
- 1995-yil, 1-yanvardan keyin tug‘ilgan bo‘lish;
- Bakalavriat yoki magistratura talabasi yoxud 2021-2022-yillarda bitirgan bo‘lish;
- Ingliz yoki ispan tillarini yaxshi bilish.
Forumning afzalliklari:
- Uch kunlik bepul forumda qatnashish;
- Bepul ovqatlanish va turar joy;
- Seminar, amaliy mashg‘ulot va ekspertlar bilan suhbatlar;
- Jamoat transportidan bepul foydalanish.
Eslatma: Borib kelish xarajatlari qoplab berilmaydi.
Davomiyligi: 2022-yil, 29-31-iyul.
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil, 17-aprel.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.