University of Glasgow: 13 700$ lik xalqaro grant dasturi

Buyuk Britaniyaning Glasgov universitetida magistratura bosqichi uchun 13 700 dollarlik xalqaro grant dasturi e’lon qilindi. Batafsil shartlar bilan tanishing.

7
University of Glasgow: 13 700$ lik xalqaro grant dasturi

University of Glasgow International Leadership Scholarship haqida

Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Glasgov universiteti xalqaro talabalar uchun 13 700$ (10 000 funt sterling) miqdoridagi grant dasturini e’lon qildi. Ushbu grant magistratura bosqichida tahsil oluvchi, yetakchilik qobiliyatiga ega 70 nafar iqtidorli yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Grantning afzalliklari va shartlari

Mazkur grant dasturi kontrakt to‘lovining ma’lum bir qismini qoplashga yordam beradi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish;
  • Glasgov universitetining magistratura bosqichiga qabul qilingan bo‘lish;
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;
  • Yetakchilik salohiyatini namoyish eta olish.

Grant haqida batafsil ma’lumotlarni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Talabalar uchun xorijiy grantlar va ta’lim yangiliklari haqida ko‘proq ma’lumotlarni saytimizda kuzatib boring.

Magistraturaga hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar

Glasgov universitetiga magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Onlayn ariza;
  • Bakalavriat diplomi hamda baholar ilovasi;
  • Tavsiyanoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Til sertifikati (IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0).

Barcha hujjatlar ingliz tilida tayyorlanishi shart. Abituriyentlar uchun xorijda o‘qish va xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik bo‘yicha maslahatlarimizni o‘qib borishni tavsiya qilamiz.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan universitetning aloqa bo‘limiga murojaat etishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar