Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi. Talabalar o‘qishni yangi oliygohda davom ettirib, diplom oladi.

5
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilmoqda

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilmoqda. Prezidentning tegishli qarori loyihasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Yangi universitetning maqomi va vazifalari

Mazkur oliy ta’lim muassasasi tibbiyot sohasi uchun mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shuningdek, universitet Toshkent tibbiyot akademiyasining barcha huquqlari, majburiyatlari va xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi etib belgilanadi.

Hozirda akademiyada tahsil olayotgan talabalar o‘qishni universitetning mos bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida davom ettiradi. Bitiruvchi kurs talabalariga esa belgilangan tartibda Toshkent davlat tibbiyot universiteti diplomi beriladi.

Tarkibiy tuzilmalar va boshqaruv

  • Universitet klinikasi, akademik litseyi va Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish instituti universitet tasarrufiga o‘tadi;
  • Barcha tarkibiy tuzilmalar davlat muassasasi hisoblanib, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
  • Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Tibbiyot yo'nalishiga qiziqqan abituriyentlar uchun oliygohlar kirish ballari bilan tanishib chiqish foydadan holi bo'lmaydi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar