Texnikumlarda kredit-modul tizimi: Yangi tartib va qoidalar

O‘zbekiston texnikumlarida kredit-modul tizimi joriy etildi. Yevropa standarti (ECTS) bo‘yicha o‘quv jarayoni, kredit to‘plash va baholash tartibi bilan tanishing.

4
Texnikumlarda kredit-modul tizimi: Yangi tartib va qoidalar

Texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy etildi

Taʼlim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida, Hukumatning 2023-yil 7-dekabrdagi 648-sonli qarori bilan texnikumlarda kredit-modul tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi.

Kredit-modul tizimining asosiy jihatlari

Yangi nizomga muvofiq, texnikumlardagi o‘quv jarayoni Yevropa kredit tizimi (ECTS) asosida tashkil etiladi. Bu tizim o‘quvchilarga o‘z taʼlim yo‘nalishini yanada moslashuvchan rejalashtirish imkonini beradi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni tahlil qilib, o‘z tanlovingizni amalga oshirishingiz mumkin.

O‘quv rejasi va kreditlar hisobi

  • Bir o‘quv yilida o‘quvchi kamida 60 kredit to‘plashi shart.
  • 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soatlik yuklamaga teng.
  • O‘quv yuklamasi auditoriya va mustaqil taʼlim soatlariga bo‘linadi.
  • Semestr davomida 30 kredit, bir yilda 60 kredit to‘plash ko‘zda tutilgan.

O‘quv dasturlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi. Agar siz o‘qishni davom ettirish yoki talabalar uchun foydali ma'lumotlar izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu o‘zgarishlar sizning kelajakdagi akademik natijalaringizga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Akademik qarzdorlikni bartaraf etish

Akademik qarzlari bor o‘quvchilar uchun texnikumda taʼtil vaqtida pulli asosda qayta topshirish imkoniyati yaratildi. Bu tizim o‘quvchilarni masʼuliyatli bo‘lishga va o‘z vaqtida kreditlarni yig‘ishga undaydi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar