TDIU talabalari xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonishdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (TDIU) iqtidorli talabalari va professor-o‘qituvchilari Rossiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qayd etishdi.
Olimpiada natijalari qanday bo'ldi?
Patrisa Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida 2024-yil 27-29-mart kunlari tashkil etilgan "Atrofimizdagi buxgalteriya hisobi" xalqaro olimpiadasida 67 ta universitetdan 89 ta jamoa ishtirok etdi. Umumiy hisobda 524 nafar talaba o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
TDIU jamoasining erishgan yutuqlari:
- Yakka tartibdagi tanlovda: 1-o‘rin;
- Jamoaviy tartibdagi tanlovda: 3-o‘rin.
Bu kabi xalqaro yutuqlar talabalar uchun o‘z salohiyatini namoyon etishda muhim poydevor hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.
Reklama









![Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi IOI 2026 boshlandi [Video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F08%2Fphoto_2026-08-10_16-04-04.webp&w=1920&q=75)







Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.