Narxoz kirish ballari 2026-yilda sezilarli oshdi

TDIUga 2026-yilda kirish ballari qanday bo‘ldi? Sun’iy intellekt, moliya, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 2025 bilan taqqoslash — maqoladan bilib oling.

Narxoz kirish ballari 2026-yilda sezilarli oshdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirish ballari 2026-yilda aksariyat yo‘nalishlarda sezilarli oshdi. Shu o‘rinda muhim eslatma: bu ma’lumotlar hozircha rasmiy tasdiqlangan ballar emas — ular manbalar orqali shakllangan taxminiy ko‘rsatkichlar. Rasmiy o‘tish ballari qabul jarayoni to‘liq yakunlangach e’lon qilinadi.

Jadvalni Shohruh Khaydarov taqdim qilgan. Quyida TDIUning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 2025 va 2026-yilgi kontrakt hamda grant ballari taqqoslangan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari

Reklama

Yo‘nalish2025 kontrakt2025 grant2026 kontrakt2026 grant
Sun’iy intellekt91.5149.9141.4166.5
Axborot xavfsizligi131.1166.7161.2177.0
Axborot tizimlari va texnologiyalari106.9151.0145.0160.5
Moliya va moliyaviy texnologiyalar157.2184.1173.5187.4
Inson resurslarini boshqarish114.4169.9153.2176.3
Soliqlar va soliqqa tortish126.4178.0161.8183.8
Iqtisodiyot169.5185.5179.7188.7
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar173.2186.8183.5189.0
Logistika116.7168.8164.2176.8
Menejment140.8179.1169.2181.3
Statistika120.9170.5156.6176.1
Bank ishi157.5182.4171.6185.9
Turizm va mehmondo‘stlik126.8162.8175.1182.4
Buxgalteriya hisobi148.2181.6169.8181.7
Marketing130.8175.1157.7175.8
Biznesni boshqarish135.7180.2168.9182.4
Savdo ishi120.0174.3138.9169.4

Eng katta o‘sish qaysi yo‘nalishda kuzatildi?

Kontrakt ballari bo‘yicha eng keskin o‘sish sun’iy intellekt yo‘nalishida qayd etilgan — 91,5 balldan 141,4 ballga, ya’ni qariyb 50 ballga ko‘tarilgan. Shuningdek, turizm va mehmondo‘stlik (126,8 dan 175,1 ga) hamda logistika (116,7 dan 164,2 ga) yo‘nalishlarida ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda.

Eng kam o‘sish savdo ishi yo‘nalishida — kontrakt 120 balldan 138,9 ballga oshgan. Grant ballarida ham barcha yo‘nalishlarda o‘sish tendensiyasi kuzatilgan, eng yuqori ko‘rsatkich iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti yo‘nalishlarida (188,7 va 189,0) saqlanmoqda.

Avvalroq o‘tish ballari prognozi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Yo‘q. Hozircha bu manbalar orqali shakllangan taxminiy ko‘rsatkichlar. Rasmiy o‘tish ballari qabul jarayoni to‘liq yakunlangach e’lon qilinadi.
Manbalarga ko‘ra, sun’iy intellekt yo‘nalishida kontrakt 91,5 dan 141,4 ballga oshgan. Turizm va logistika yo‘nalishlarida ham sezilarli o‘sish kuzatilgan.
Maqoladagi jadvalda TDIUning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 2025 va 2026-yilgi kontrakt hamda grant ballari taqqoslangan. Ma’lumot Shohruh Khaydarov tomonidan taqdim etilgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar