Telegram asoschisi Pavel Durov Toshkentda o'tkazilayotgan Xalqaro informatika olimpiadasi sovrindorlariga mukofot va'da qildi. Bu haqda u o'zining Telegram kanalida ma'lum qildi.
"IOI-2026 musobaqasining algebra asoschisi, nomi 'algoritm' so'ziga asos bo'lgan Al-Xorazmiy vatani O'zbekistonda o'tkazilayotgani bejiz emas", — deb yozdi Durov o'zining Telegram kanalida.

Reklama
Qanday mukofot va'da qilindi?
Telegram asoschisi yosh dasturchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida olimpiadada sovrindor bo'lgan 235 nafar o'quvchini umumiy qiymati kamida 117 ming dollar bo'lgan eksklyuziv raqamli kolleksiyalar — Algorithm Cups bilan taqdirlashini ma'lum qildi.
Durovning yozishicha, Telegram'ning ko'plab a'zolari bir necha yillar oldin Xalqaro informatika olimpiadalarida medallarga ega chiqqan.
Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tkazilayotgan Xalqaro informatika olimpiadasi 9-16-avgust kunlari bo'lib o'tmoqda. Unda 97 dan ortiq davlatdan 700 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Bu haqda Pavel Durov xabar berdi.



![Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi IOI 2026 boshlandi [Video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F08%2Fphoto_2026-08-10_16-04-04.webp&w=1920&q=75)













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.