O’zbekiston terma jamoasi IOI 2026da 4 ta medal oldi

O’zbekiston terma jamoasi Xalqaro informatika olimpiadasi IOI 2026da 1 kumush va 3 bronza medal qo’lga kiritdi. Bu ishtirok tarixidagi eng yuqori ko’rsatkich.

O’zbekiston terma jamoasi IOI 2026da 4 ta medal oldi

O'zbekiston mezbonligida Toshkentda o'tayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026)da terma jamoamiz navbatdagi tarixiy natijaga erishdi. 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etayotgan musobaqada O'zbekiston vakillari 4 ta medal qo'lga kiritdi.

Medal sohiblari

  • Jaxonali Xaydaraliyev — Toshkent shahri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal;
  • Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahri, Prezident maktabi — bronza medal;
  • Timur Kadirbergenov — Nukus shahri, Prezident maktabi — bronza medal;
  • Ulug'bek Rahmatullayev — Namangan shahri, Prezident maktabi — bronza medal.

Reklama

Shuningdek, Sardorbek Salimov (Navoiy shahri, Prezident maktabi) honorable mention — faxriy e'tirof bilan taqdirlandi.

Tarixiy ko'rsatkich

Mazkur natija orqali terma jamoa o'z ishtiroki tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi. Taqqoslash uchun: 2025-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida terma jamoa vakillari 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan edi — bu yil esa 4 ta medal.

Xalqaro informatika olimpiadasi dunyoning eng nufuzli maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan intellektual musobaqalaridan biri bo'lib, unda ishtirokchilar murakkab algoritmik masalalarni ishlash va dasturiy yechimlar yaratish ko'nikmalarini namoyish etadilar. Ma'lumot Fan olimpiadalari kanali orqali e'lon qilindi. Avvalroq IOI 2026 sinovlari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz xalqaro olimpiadalardagi natijalarni yoritishda davom etadi.

Terma jamoa 4 ta medal qo'lga kiritdi: 1 kumush (Jaxonali Xaydaraliyev) va 3 bronza (Jahongirshoh Avazxonov, Timur Kadirbergenov, Ulug'bek Rahmatullayev).
Ha. 4 ta medal — O'zbekiston terma jamoasining IOIdagi ishtiroki tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich. 2025-yilda 2 ta medal (1 kumush, 1 bronza) olingan edi.
38-Xalqaro informatika olimpiadasi O'zbekiston mezbonligida Toshkent shahrida o'tkazilmoqda. Unda 90 dan ortiq mamlakat ishtirok etmoqda.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar