Litvaning Vilnyus shahrida bo'lib o'tgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO 2026) O'zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bu yutuq ayniqsa e'tiborga molik — O'zbekiston 2 yillik tanaffusdan so'ng Xalqaro biologiya olimpiadasiga qaytdi va darhol medallar bilan qaytdi.
Medal sohiblari:
Reklama
- Murodbek Latipov — Navoiy shahridagi Prezident maktabi, bronza medal 🥉
- Orzugul Muxtorova — Navoiy shahridagi Prezident maktabi, bronza medal 🥉
- Nursulton Ashiraliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi, bronza medal 🥉
Uchala sovrindor ham Prezident maktablari o'quvchilari ekanligi esa ushbu ta'lim muassasalarining iqtidorli yoshlarni tayyorlashdagi o'rnini yana bir bor tasdiqlaydi.
Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) har yili dunyoning turli davlatlarida tashkil etiladigan eng nufuzli o'quvchilar musobaqalaridan biri bo'lib, unda ishtirok etishning o'zi katta yutuq hisoblanadi.
O'zbekistonlik o'quvchilarning xalqaro maydondagi barcha muvaffaqiyatlarini InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.