Qishki o’qishni ko’chirish (perevod) arizalari boshlandi

O’zbekistonda qishki o’qishni ko’chirish (perevod) uchun arizalar qabul qilinmoqda. Muddatlar, hujjatlar va uzrli sabablar haqida batafsil bilib oling.

6
Qishki o’qishni ko’chirish (perevod) arizalari boshlandi

Qishki o'qishni ko'chirish (perevod) jarayoni boshlandi

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qishki o'qishni ko'chirish jarayoniga start berildi. Arizalar 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Shuni yodda tutish kerakki, qishki "perevod" barcha uchun ochiq emas.

Kimlar o'qishini ko'chirishi mumkin?

Qishki muddatda faqatgina quyidagi ikki turdagi uzrli sababga ega bo'lgan talabalar hujjat topshirishlari mumkin:

  • Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;
  • Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi asosida).

Topshirilishi lozim bo'lgan hujjatlar

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (joyida to'ldiriladi);
  • Talabaning reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
  • Pasport nusxasi;
  • Uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar esa bevosita talaba ilgari tahsil olgan oliygohlar ma'muriyatiga taqdim etilishi lozim.

Xorijdan o'qishni ko'chirish mumkinmi?

Xorijiy OTMlardan O‘zbekistondagi davlat universitetlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijda o'qiydigan talabalar faqat yozgi qabul vaqtida onlayn ariza topshirishlari va maxsus test sinovlaridan o'tishlari talab etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar