Kollej va texnikumlarga kirish: Yangi tartib va baholash mezonlari
2023/2024-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, ushbu yangilik siz uchun juda muhim.
Majburiy fanlar bloki
Barcha test topshiruvchilar uchun quyidagi 3 ta fan majburiy hisoblanadi (har bir fan uchun 10 ta savol, jami 33 ball):
- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili): 10 ta savol, har biri 1.1 balldan (maksimal 11 ball).
- Matematika: 10 ta savol, har biri 1.1 balldan (maksimal 11 ball).
- O‘zbekiston tarixi: 10 ta savol, har biri 1.1 balldan (maksimal 11 ball).
Mutaxassislik fanlari bloki
Kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan bo‘yicha test sinovlari quyidagicha baholanadi:
- 1-fan: 30 ta savol, har biri 3.1 balldan (maksimal 93 ball).
- 2-fan: 30 ta savol, har biri 2.1 balldan (maksimal 63 ball).
Ushbu fanlar bo‘yicha jami 156 ball to‘plash mumkin. 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball esa 189 ni tashkil etadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar va tayyorgarlik uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘limimizdagi foydali maslahatlarni kuzatib boring.
Faylni yuklab olish: Faylni yuklab olish
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.