Kollej va texnikumlar kirish test natijalari ma'lum bo'ldi
2023-yil 26-sentabr kuni respublikamizdagi barcha professional ta'lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari bo'lib o'tdi. Imtihonlar 61 ta binoda ikki smenada tashkil etilib, unda 23 mingga yaqin abituriyent o'z bilimini sinovdan o'tkazdi.
Natijalarni qanday tekshirish mumkin?
Test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetlarida e'lon qilindi. Ishtirokchilar o'z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin.
- Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar: Abituriyentlar uchun yangiliklar
- Kirish ballari va yo'nalishlar bilan tanishish: Kirish ballari yo'nalishlar kesimida
Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklar va qo'shimcha ma'lumotlar uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.