Fransiyada magistratura: Émile Boutmy grantini yutib oling

Fransiyaning nufuzli Science Po universitetida magistratura bosqichida o’qish uchun Emile Boutmy grant dasturiga qanday hujjat topshirishni bilib oling.

4
Fransiyada magistratura: Émile Boutmy grantini yutib oling

Fransiyaning nufuzli Science Po universitetida grant asosida o‘qing

Fransiyaning Science Po universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni reja qilgan xalqaro talabalar uchun Emile Boutmy Scholarships grant dasturini taqdim etadi. Bu dastur iqtidorli va akademik jihatdan faol yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Emile Boutmy Scholarship: Asosiy ma'lumotlar

Ushbu grant dasturi orqali talabalar o‘qish kontrakt to‘lovini qoplash uchun yiliga €12.000 gacha bo‘lgan moliyaviy yordam olishlari mumkin. Émile Boutmy Scholarship uchun qabul jarayoni har yili tashkil etiladi.

Grantga qo‘yiladigan talablar

  • Bakalavr darajasiga ega bo‘lish va Science Po universitetining magistratura bosqichiga qabul qilingan bo‘lish;
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlar va ijtimoiy faollik;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilish (til talablari bilan tanishing).

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida hamda talabalar uchun foydali resurslarimizni kuzatib boring.

Ariza topshirish jarayoni

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar jamlanmasi talab etiladi:

  • Onlayn ariza va ro‘yxatdan o‘tish;
  • Reference (tavsiyanoma) uchun so‘rov;
  • CV/Rezyume;
  • Akademik transkriptlar (ingliz tilidagi tarjimasi bilan);
  • Til bilish sertifikati va 2 ta tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi shart. Batafsil ma’lumotlar va yo‘riqnomalar bilan rasmiy sayt orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatma: Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar