Fransiyada ta'lim: American University of Paris grantlari
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar! Yevropadagi nufuzli American University of Paris oliygohi o'z o'quvchilarini tanqidiy fikrlovchi va xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishni maqsad qilgan. Ayni vaqtda universitet xalqaro talabalar uchun AUP Scholar International Awards grant dasturini e'lon qildi.

Grant dasturi tafsilotlari
- Universitet: American University of Paris;
- Kurs darajasi: Bakalavriatura;
- Grant miqdori: O'quv to'lovlarining 75% qismi;
- Grant turi: Xalqaro talabalar uchun.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun abituriyentlar uchun mo'ljallangan bo'limimizni kuzatib boring yoki talabalar uchun foydali maslahatlarni o'qing.
Kerakli hujjatlar ro'yxati
- Shaxsiy bayonot (Personal Statement) va insho;
- Qo'shimcha mashg'ulotlar va ish tajribasi haqida ma'lumotlar;
- Ikkita tavsiyanoma xati;
- So'nggi uch yillik baholar ko'chirmasi;
- SAT/ACT sertifikati (ixtiyoriy).
Til sertifikati talablari
Nomzodlar quyidagi xalqaro til sertifikatlaridan biriga ega bo'lishlari shart:
- TOEFL ibT: kamida 88 (kod: 0866);
- Cambridge English: kamida 176;
- TOEIC: 810 (kod: 0866);
- IELTS Academic: kamida 6.5.
Qanday ariza berish kerak?
Nomzodlar universitetning rasmiy portali orqali onlayn ariza topshirishlari lozim. Grant uchun "Moliyaviy mukofotga qiziqish bildirasizmi?" degan savolga "ha" javobini tanlash muhim. Eslatma: grant va o'qishga qabul uchun bir xil elektron pochta manzilidan foydalaning.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.