2-oktyabr dushanba dam olish kuni: Yangi Mehnat kodeksi

1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuni yakshanbaga to’g’ri kelgani sababli, dam olish kuni 2-oktyabr dushanbaga ko’chirildi. Batafsil ma’lumotni o’qing.

9
2-oktyabr dushanba dam olish kuni: Yangi Mehnat kodeksi

2-oktyabr nima uchun dam olish kuni?

Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik: Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, bayram kunlari yakshanbaga to'g'ri kelganda dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi.

Dam olish kunining ko'chirilishi haqida

“1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba kuniga to'g'ri kelganligi sababli, ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr – dushanba kuniga ko'chirildi.

Ushbu qoida quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:

  • Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlari;
  • Aholiga har kuni xizmat ko'rsatish zarurati;
  • Navbatchilik asosida ishlovchi tashkilotlar;
  • To'xtatib qo'yish imkoni bo'lmagan ishlab chiqarish-texnik ishlar.

Ta'lim sohasidagi yangiliklar va abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlarni kuzatib boring. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar