Oliy ta'limga qabul: Umumiy statistik ko‘rsatkichlar
Joriy o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga jami 186 871 nafar abituriyent o‘qishga tavsiya etildi. Bilimni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami qabul qilinganlarning 51,6 foizini (96 516 nafar) erkaklar, 48,4 foizini (90 355 nafar) esa ayollar tashkil etmoqda.
Davlat granti asosida qabulda ayollar ustunligi
E’tiborli jihati shundaki, davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganlar orasida ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi kuzatildi. Statistika quyidagicha shakllangan:
- Ayollar: 22 581 nafar (54,9%)
- Erkaklar: 18 572 nafar (45,1%)
Abituriyentlar o'zlari tanlagan yo'nalishlar bo'yicha oliygohlar kirish ballari va boshqa tahliliy ma'lumotlarni agentlik sayti orqali kuzatib borishlari mumkin.
Talabalarning yosh ko‘rsatkichlari va rekordlari
2024-2025-o‘quv yili qabulida talaba bo‘lganlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich erkaklar va ayollar uchun bir xil darajada qayd etilgan. Shuningdek, qabul jarayonida yosh bo‘yicha ham qiziqarli natijalar qayd etildi:
- Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh, eng yoshi kattasi esa 69 yoshda.
- Erkaklar orasida eng yosh talaba 15 yosh, eng yoshi kattasi esa 60 yoshni tashkil qildi.
Ushbu ma'lumotlar joriy yilgi qabul jarayonlarida ayollarning ilm-fanga bo'lgan qiziqishi ortib borayotganini ko'rsatadi. Yangi talaba bo'lgan yoshlar uchun o'qish jarayonlari va imtiyozlar haqidagi xabarlarni saytimizda kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.