Daniyada bepul ta’lim: Denmark Government Scholarship
Yevropada sifatli ta’lim olishni istagan talabalar va abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat e’lon qilindi. Daniya hukumati Oliy ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan ushbu dastur Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi davlatlar, jumladan O‘zbekistonlik yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Grantning asosiy afzalliklari
Ushbu dastur doirasida qabul qilingan har bir talaba quyidagi manfaatli jihatlarga ega bo‘lishi mumkin:
- O‘quv kursi to‘lovi (kontrakt) to‘liq yoki qisman qoplanadi;
- Yashash xarajatlarini qoplash uchun har oylik stipendiya ajratiladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Grant bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish uchun taqdim etiladi. Nomzodlar uchun asosiy talab — ular Yevropa Ittifoqi va Shvetsariya hududidan tashqaridagi mamlakat fuqarosi bo‘lishlari lozim. Shuni yodda tutingki, turli oliygohlar kirish ballari va qabul talablari tanlangan yo‘nalishga qarab farq qilishi mumkin.
Grantga ariza topshirish va universitetlar ro‘yxati
Daniya hukumati grantiga alohida ariza berish talab etilmaydi. Nomzodlar quyidagi 8 ta nufuzli universitetdan biriga o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga hujjat topshirishlari kifoya:
- IT University of Copenhagen (ITU)
- University of Southern Denmark (SDU)
- Copenhagen Business School (CBS)
- Aalborg University (AAU)
- Roskilde University (RUC)
- Technical University of Denmark (DTU)
- University of Copenhagen (UCPH)
- Aarhus University (AU)
O‘qishga qabul qilingan barcha talabalarning hujjatlari grant dasturi uchun avtomatik ravishda ko‘rib chiqiladi. Tanlagan kursingiz talablari bilan tanishish uchun universitetlarning rasmiy saytlariga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.