Melbourne International Undergraduate Scholarship: Avstraliyada ta'lim
Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo'lgan Melburn universiteti xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Melbourne International Undergraduate Scholarship dasturi orqali siz $56,000 gacha bo'lgan stipendiyani qo'lga kiritishingiz mumkin.
Stipendiya dasturi haqida
Melburn universiteti Avstraliya va Okeaniyadagi eng yaxshi universitet hisoblanadi. Ayniqsa, tibbiyot, biotexnologiya, muhandislik va san'at yo'nalishlarida dunyo reytinglarida yuqori o'rinlarni egallaydi. Agar siz abituriyentlar uchun mo'ljallangan ushbu grantni qo'lga kiritsangiz, ta'lim xarajatlaringiz sezilarli darajada qoplanadi.
Asosiy talablar
- Avstraliya va Yangi Zelandiya fuqarosi bo'lmaslik.
- O'rta maktab natijalari bo'yicha eng yaxshi 3% likka kirish (GCE A-darajalari bo'yicha o'rtacha 93% dan yuqori natija).
- Ilgari hech qanday oliy o'quv yurtida bakalavr darajasini olmagan bo'lish.
- Universitetga bakalavriat bosqichiga hujjat topshirgan yoki talaba bo'lish.
Grantning afzalliklari
- Birinchi yil uchun $10,000 miqdorida o'qish granti.
- 3 yillik o'qish uchun 50% yoki 100% gacha to'lovni qoplash imkoniyati.
Hozirgi talabalar uchun imkoniyatlar
Agar siz allaqachon universitet talabasi bo'lsangiz va talabalar uchun ajratilgan qo'shimcha stipendiyalarga qiziqsangiz, o'rtacha akademik ko'rsatkichi (WAM) kamida 80 dan yuqori bo'lishi talab etiladi.
Eslatma: Grantga mos nomzodlar avtomatik ravishda ko'rib chiqiladi, alohida ariza topshirish shart emas. Batafsil ma'lumot uchun universitetning Offshore Recruitment Team bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Qo'shimcha ma'lumotlarni rasmiy sahifa orqali o'rganing.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.