Avstraliya Milliy Universiteti (ANU) To'liq Grant Dasturi
Avstraliya Milliy Universiteti (ANU) magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishni istagan xalqaro talabalar uchun har yili 600 ta grant o‘rnini ajratadi. Ushbu grantlar dunyodagi eng nufuzli dasturlardan biri hisoblanib, har bir talaba uchun barcha zaruriy xarajatlarni to'liq qoplab beradi. ANU universiteti dunyo reytingida 59-o‘rinni egallab, yuqori sifatli ta'limni kafolatlaydi.
Grantning afzalliklari va bonuslari
Australian Government Research Training Program (AGRTP) doirasida g'olib bo'lgan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladilar:
- Xalqaro talabalar uchun ikki tomonlama aviachipta;
- Yashash xarajatlari va tezis ishi uchun maxsus stipendiyalar;
- O‘qish to‘lovi (tuition fee) to‘liq qoplanishi;
- Oylik talabalik stipendiyasi va o‘quv materiallari;
- Chet ellik talabalar uchun bepul tibbiy sug‘urta (OSHC).
Nomzodlarga qo‘yilgan asosiy talablar
Grant asosan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan a’lochi nomzodlar uchun mo‘ljallangan. Nomzodlar bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari va ilmiy tadqiqot tajribasiga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, nufuzli oliygohlar talab qilganidek, ingliz tilini bilish darajasi (IELTS/TOEFL) ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu tanlangan yo'nalishga qarab farqlanishi mumkin.
Ariza topshirish tartibi
Grant uchun alohida ariza berilmaydi. Magistratura (research) yoki doktorantura kurslariga o‘qish uchun yuborilgan barcha arizalar grant uchun avtomatik ravishda ko‘rib chiqiladi. Arizalar topshirish vaqtida barcha tasdiqlovchi hujjatlar to‘liq bo‘lishi shart. Odatda arizalar yiliga 4 marta qabul qilinadi, ammo asosiy bosqichlar aprel va avgust oylariga to'g'ri keladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.