Yaponiyada magistratura va doktorantura uchun grantlar

Yaponiyaning Honjo International Scholarship Foundation jamg’armasi magistratura va doktorantura bosqichlari uchun $1600 gacha stipendiya dasturini e’lon qildi.

6
Yaponiyada magistratura va doktorantura uchun grantlar

Yaponiyada ta'lim olish uchun Honjo International Scholarship Foundation granti

Yaponiyadagi nufuzli oliygohlarda magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Honjo International Scholarship Foundation xalqaro talabalar uchun yangi stipendiya dasturiga arizalar qabulini boshladi. Ushbu dastur doirasida 5 nafar nomzod moliyaviy ko'mak sohibiga aylanadi.

Nomzodlar uchun talablar

  • Yaponiyalik bo'lmagan xorijiy davlat fuqarosi bo'lish;
  • Yaponiyadagi universitetlardan biriga magistratura yoki doktorantura bosqichiga qabul qilingan bo'lish;
  • Yosh chegarasi: magistratura uchun 30 yosh, doktorantura uchun 35 yosh;
  • Ijtimoiy faollik va xalqaro aloqalarni rivojlantirishga qiziqish;
  • Yapon tilini boshlang'ich darajada bilish (intervyular yapon tilida o'tkaziladi);
  • O'qishni tugatganiga 1 yildan oshmagan bo'lish.

Batafsil talablar bilan BU YERDA tanishing.

Stipendiya miqdori va imtiyozlar

  • 1-2 yillik dasturlar uchun: oyiga 200 000 yen (o'rtacha $1591);
  • 3 yillik dasturlar uchun: oyiga 180 000 yen (o'rtacha $1451);
  • 4-5 yillik dasturlar uchun: oyiga 150 000 yen.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun talabalar uchun mo'ljallangan bo'limimizni kuzatib boring yoki oliygohlar yo'nalishlari bilan tanishing.

Ariza topshirish tartibi

Arizalar 1-apreldan 30-aprelga qadar qabul qilinadi. Tanlov jarayoni hujjatlarni onlayn portalga yuklash, tadqiqot rejasi, akademik tavsiyanoma va o'qishga qabul qilinganlik to'g'risidagi hujjatlarni taqdim etishni o'z ichiga oladi. Barcha hujjatlar PDF formatida bo'lishi shart.

Rasmiy sahifadagi ma'lumotlar va ko'p beriladigan savollarga javoblar bilan BU YERDAN tanishing.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar