Maastricht University: Niderlandiyada to‘liq grant yutib oling

Niderlandiyaning nufuzli Maastricht universitetida magistratura bosqichida bepul o‘qish imkoniyati! To‘liq moliyalashtiriluvchi grant shartlari bilan tanishing.

4
Maastricht University: Niderlandiyada to‘liq grant yutib oling

Maastricht University: Niderlandiyada magistratura uchun to‘liq grant

Niderlandiyada ta’lim olishni istagan iqtidorli yoshlar uchun ajoyib yangilik! Holland Scholarship dasturi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlat fuqarolari uchun Maastricht universitetida magistratura bosqichida to‘liq moliyalashtiriladigan ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.

Magistratura yo‘nalishlari va davomiyligi

Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olish mumkin:

  • San’at va ijtimoiy fanlar;
  • Tibbiyot, sog‘liqni saqlash va hayot fanlari;
  • Muhandislik;
  • Huquq, biznes va iqtisodiyot;
  • Psixologiya;

O‘qish davomiyligi yo‘nalishga qarab 1 yillik (13 oy) yoki 2 yillik (25 oy) kurslardan iborat.

Grantning afzalliklari

Ushbu dastur talabaning barcha asosiy xarajatlarini qoplaydi:

  • 1 yillik kurslar uchun €12,350, 2 yillik kurslar uchun €23,750 stipendiya;
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari (€700);
  • Viza xarajatlari (€192);
  • Kontrakt to‘lovlari (13.800, 16.000 yoki 16.800 yevrogacha);
  • Treyning kurslari xarajatlari.

Dasturga qabul jarayoni va hujjatlar

Qabul jarayonida ishtirok etish uchun ushbu magistratura yo‘nalishlari bilan tanishib chiqing, so‘ngra Studielink tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ID kodga ega bo‘ling.

Talab etiladigan hujjatlar: CV, motivatsion xat, bakalavriat baholari, tavsiya xati va pasport nusxasi.

Siz talabalar uchun mo‘ljallangan boshqa dasturlar haqida ma’lumot olishingiz yoki abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni barcha maqolalar bo‘limidan o‘qishingiz mumkin.

Nomzodlar uchun asosiy talablar

  • Yevropa Ittifoqi, Surinam va Shvetsariya fuqarolari qatnasha olmaydi;
  • Nomzod ilgari Niderlandiyada bakalavriat bosqichida o‘qimagan bo‘lishi kerak;
  • Yosh chegarasi: 35 yoshgacha;
  • Bakalavriatdagi baholar a’lo darajada bo‘lishi shart.

Batafsil ma’lumot uchun rasmiy sahifa orqali tanishib chiqing.

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar