Magistratura uchun ta’lim krediti beriladimi? Barchasi haqida

Magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va shartlari bilan ushbu maqolada batafsil tanishing.

•Yangilandi: 08.04.2026•2 daqiqa mutolaa•349 marta ko'rildi
Magistratura uchun ta’lim krediti beriladimi? Barchasi haqida

Magistratura uchun ham ta’lim krediti beriladimi?

Ko‘plab talabalarni qiziqtirgan savolga javob beramiz: Ha, magistratura uchun ham ta’lim krediti ajratiladi.

Tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston fuqarolariga beriladi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida o‘zingizni qiziqtirgan mutaxassislikni tanlagan bo‘lsangiz, kredit olish imkoniyatiga egasiz.

Ta’lim kreditini qaytarish tartibi

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Bunda foizlarni to‘lash ta’lim tashkilotiga mablag‘lar o‘tkazilgan sanadan boshlanadi.

Kredit olish uchun nimalar kerak?

  • To‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt).
  • Ta’lim krediti shartnomasi (1 yillik to‘lov summasiga teng miqdorda).

Banklar to‘lovni o‘quv yili mobaynida teng ulushlarda 4 qismga bo‘lib o‘tkazadi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan bu imkoniyatdan foydalanishda kredit oluvchi shartnomada belgilangan muddatlardan oldin ham qarzni to‘lab berish huquqiga ega.

Kredit berilishi rad etilishi mumkinmi?

Agar talabaning bank oldida avvalgi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan foiz qarzdorligi bo‘lsa yoki to‘lov muddatlarini muntazam o‘tkazib yuborsa, bank navbatdagi kreditni ajratishni rad etishi mumkin.

Ushbu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar