Qisqacha mazmun:
Rotary Yoneyama Yaponiyadagi universitetga hujjat topshirmoqchi boʼlgan xalqaro talabalar uchun moʼljallangan dastur hisoblanadi.
Grant Yaponiyadagi universitetlarda oʼqiyotgan yoki ilmiy ish olib borayotgan isteʼdodli xalqaro talabalarni qoʼllab-quvvatlaydi.
Dastur miqdori 15ta.
Rotary Yoneyama Yaponiyadagi universitetga hujjat topshirmoqchi boʼlgan xalqaro talabalar uchun moʼljallangan dastur hisoblanadi.
Grant Yaponiyadagi universitetlarda oʼqiyotgan yoki ilmiy ish olib borayotgan isteʼdodli xalqaro talabalarni qoʼllab-quvvatlaydi.
Dastur miqdori 15ta.
Foydali tomonlari:
- Bakalavriat talabalari - 100000 yen;
- Magistratura va doktorantura talabalari uchun - 140 000 yen;
- Ekonom klassdagi Yaponiyaga aviachiptalari (400 ming yen dan koʼp boʼlmagan) bilan ta’minlanadilar.
Talablar:
- Yaponiya fuqarolari bo‘lmasligi lozim;
- Nomzod 1976-yil 1-apreldan keyin tugʼilgan boʼlishi kerak (45 yoshdan katta boʼlmagan);
- Yapon tilini bilishi kerak (JPLT N4 test);
- Rotary Yoneyama stipendiyasini yoki boshqa har qanday stipendiyani olgan talabnoma beruvchilar arizalarni qabul qila olmaydi;
- Stipendiatlar oʼrganish istagi, kelajak uchun aniq maqsad, madaniy farqlarni hurmat qilish, oʼzlarini ifoda etish va boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyati, yaxshi ruhiy va jismoniy sogʼliqqa ega boʼlishi kerak.
Hujjatlar:
- Ariza;
- Yaponiyadagi universitetga kirish uchun ariza nusxasi;
- Tadqiqot rejasi (faqat magistrant va doktorantlar uchun);
- "Yaponiyada taʼlim maqsadi" mavzusida insho;
- Tavsiyanoma;
- Shuningdek, universitetga kirish xati nusxasi (stipendiya uchun hujjatlarni topshirish muddati tugagandan soʼng taqdim etilishi mumkin);
- Yapon tilini bilish testining natijasi.
Batafsil rasmiy havola orqali bilib olishingiz mumkin.
Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.
Reklama









![Akademik litseylarga qabul test sinovlari yakunlandi [video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F07%2Fimg00_68246f35a4df214a4d87598b5bb0ea0e8c013c04c48e6.jpg&w=1920&q=75)







Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.