Xususiy OTM sirtqi ta’lim diplomi tan olinadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda xususiy oliy ta’lim muassasalarining (OTM) sirtqi shaklda berilgan diplomlari tan olinmasligi haqida noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda. Aslida, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, litsenziyaga ega barcha nodavlat OTM diplomlari davlat oliygohlari bilan teng darajada tan olinadi.
Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’lim cheklovlari
PQ-289-son qarorga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika sohasidagi ayrim yo‘nalishlarga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. Ushbu yo‘nalishlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- Musiqa ta’limi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik ta’lim.
Ushbu beshta yo‘nalishdan tashqari boshqa barcha sohalarda sirtqi ta’limga qabul qilishda bunday cheklovlar mavjud emas. Agar siz o‘qishga topshirmoqchi bo‘lsangiz, oliygohlar kirish ballari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Diplomlarning huquqiy asosi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga asosan, O‘zbekistonda litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan 80 dan ortiq nodavlat OTMlar tomonidan berilgan diplomlar davlat namunasidagi hujjat hisoblanadi. Har bir talaba bilishi lozimki, ushbu diplomlar mehnat faoliyati davomida davlat OTMlari diplomlari bilan teng kuchga ega.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.