InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Xorazmda startaplar va IT-mutaxassislar uchun hokim granti yo‘lga qo‘yildi

Ta’lim sohasidagi eng so’nggi yangiliklar quyidagicha: Qisqacha mazmun:18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.G‘oliblar 100 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi.Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Xorazm viloyati startaplari va IT-mutaxassislari uchun “Hokim granti” tanlovi yo‘lga qo‘yildi. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar 100 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Xorazm […]

2
Xorazmda startaplar va IT-mutaxassislar uchun hokim granti yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar quyidagicha:

Qisqacha mazmun:
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar 100 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Xorazm viloyati startaplari va IT-mutaxassislari uchun “Hokim granti” tanlovi yo‘lga qo‘yildi.

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar 100 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Xorazm viloyati startaplari va IT-mutaxassislari uchun “Hokim granti” tanlovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

IT-ta’lim, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va eksport qilish sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza jo‘natishlari mumkin:

  • fan va ta’lim;
  • energiya tejamkorlik;
  • ijtimoiy-iqtisodiy;
  • qishloq xo‘jaligi;
  • axborot texnologiyalari;
  • sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish;
  • sanoat;
  • sog‘liqni saqlash.

Yangi startaplar uchun tanlovlar quyidagi nominatsiyalarda tashkil etiladi:

  • “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar”;
  • “Texnostart”;
  • "Eng yosh olim";
  • “Eng yaxshi innovatsion loyiha”;
  • “Istiqbolli ishlanma”.

Tanlovda 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar belgilangan shaklidagi talabnomani to‘ldirishlari kerak.

Tanlov ishtirokchisining talabnomasi biznes-g‘oyaning yangiligi, ijtimoiy ahamiyati, maqsadliligi va mo‘ljallanganligi hamda amaliy tajribasi bo‘yicha baholanadi.

G‘oliblar Xorazm viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan quyidagicha moddiy rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rin — 100 mln so‘m;
  • 2-o‘rin — 80 mln so‘m;
  • 3-o‘rin — 60 mln so‘m.

Nozmodlar quyidagi havola orqali tanlov nizomi, ariza shakli va taqdimot bilan tanishishlari mumkin.

Hujjatlar “IT Park” Xorazm viloyati filialida qabul qilinadi.



Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar