Rossiya hukumati stipendiyasi: Xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat
Rossiya hukumati stipendiya dasturi Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarida magistr yoki doktorlik darajasini olishni maqsad qilgan iqtidorli chet ellik talabalar uchun eshiklarni ochmoqda. Agar siz xorijda ta'lim olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun.
Stipendiya dasturining afzalliklari
Ushbu grant dasturi xalqaro talabalarga keng ko‘lamli yengilliklar taqdim etadi:
- To‘liq o‘qish to‘lovlari qoplab beriladi;
- Universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinish imkoniyati;
- Ingliz va rus tillarida sifatli ta'lim olish;
- Oylik stipendiya bilan ta'minlanish.
Ta'lim tizimi haqida ko'proq ma'lumot olish uchun talabalar uchun ruknimizni kuzatib boring. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari va qabul jarayonlari bilan tanishish kelajakdagi ta'lim strategiyangizni belgilab olishda yordam beradi.
Ishtirok etish uchun asosiy talablar
Grant dasturida qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Rossiya fuqarosi bo‘lmaslik (xorijda yashovchi Rossiya fuqarolari bundan mustasno);
- Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha akademik muvofiqlik.
Batafsil ma’lumot olish va ariza topshirish uchun SHU YERGA kiring.
Siz ushbu grant dasturi haqida nimalarni bilmoqchisiz? O‘z fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.