University of Twente Scholarship: Gollandiyada grantlar

Gollandiyaning Tvente universitetida magistratura uchun to’liq va qisman grantlarni qo’lga kiriting. Talablar, muddatlar va hujjat topshirish tartibi haqida bilib oling.

1
University of Twente Scholarship: Gollandiyada grantlar

University of Twente Scholarship: Magistratura uchun grantlar

Gollandiyaning nufuzli oliygohlaridan biri bo'lgan Tvente universiteti xalqaro talabalar uchun grant dasturlarini e'lon qildi. Ushbu imkoniyat yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega talabalar uchun mo'ljallangan.

Stipendiya dasturi haqida umumiy ma'lumot

The University Twente Scholarship (UTS) — bu Yevropa Ittifoqi va EEA hududiga kirmaydigan mamlakatlardan kelgan iqtidorli talabalar uchun ajratiladigan moliyaviy yordamdir. Grant miqdori bir yil uchun 3 000 evrodan 22 000 evrogacha tashkil etadi.

Nomzodlarga qo'yiladigan asosiy talablar

  • Twente universitetining magistratura dasturiga qabul qilinganlik to'g'risida xatga ega bo'lish.
  • Akademik IELTS 6.5 (yoki TOEFL iBT 90), speaking qismi kamida 6.0 bo'lishi shart.
  • Nomzod avval ushbu universitetda bakalavr yoki magistratura bosqichini tamomlamagan bo'lishi kerak.
  • Grant yuqori akademik natijalarga ega talabalar uchun mo'ljallangan.

Agar siz xorijda ta'lim olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, talabalar uchun foydali maslahatlar va abituriyentlar uchun kerakli ma'lumotlarni bizning saytimizdan topishingiz mumkin.

Grantni ikkinchi yilga uzaytirish shartlari

Tvente universitetidagi 2 yillik magistrlik dasturlarida stipendiyani ikkinchi yilga saqlab qolish uchun quyidagi ko'rsatkichlar talab etiladi:

  • Birinchi yilning uchinchi choragi oxirida o'rtacha ball 7 (10 balldan) bo'lishi.
  • Yevropa kreditlarining kamida 50% ni muvaffaqiyatli yakunlash.

Ariza topshirish tartibi

Stipendiyaga ariza topshirish uchun avval magistratura dasturiga hujjat topshirishingiz va talaba raqamini (studentnumber) qo'lga kiritishingiz kerak. Ushbu raqamsiz grant uchun ariza topshirib bo'lmaydi. Batafsil ma'lumotlar va hujjat topshirish jarayoni uchun rasmiy sahifaga o'ting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar