Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar avtomatik talaba bo’ladimi?

Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar imtihonsiz o’qishga kiradimi? Tavsiyanoma imtiyozlari, kvotalar va qabul tartibi haqida barcha muhim ma’lumotlar shu yerda.

5
Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar avtomatik talaba bo’ladimi?

Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar avtomatik o'qishga kiradimi?

Abituriyentlar orasida keng tarqalgan “tavsiyanomasi bor xotin-qizlar imtihonsiz talaba bo'ladi” degan tushuncha noto'g'ri. Tavsiyanoma mavjudligi sizni avtomatik tarzda talaba qilmaydi, balki faqat ma'lum bir imtiyozlarni taqdim etadi.

Xotin-qizlar uchun tavsiyanoma turlari

O'zbekiston oliy ta'lim tizimida xotin-qizlar uchun ikki xil tavsiyanoma turi mavjud:

  • Ehtiyojmand oilalardan chiqqan qizlar uchun: Umumiy kvotaning 4 foizi ushbu toifadagi abituriyentlarga ajratiladi.
  • 5 yil ish stajiga ega ayollar uchun: Ushbu toifa uchun alohida 500 ta kvota ajratilgan.

Tavsiyanoma egalari uchun qabul tartibi

Tavsiyanomaga ega bo'lishingizdan qat'i nazar, barcha abituriyentlar uchun quyidagi qoidalar amal qiladi:

  • Barcha abituriyentlar imtihonda ishtirok etishi shart.
  • Tanlov kirish ballari yo'nalishlar kesimida alohida ajratilgan kvota doirasida o'tkaziladi.
  • 56,7 balldan kam to'plagan abituriyentlar tavsiyanomasi bo'lsa ham talabalikka tavsiya etilmaydi.

Muhim eslatmalar

Agar siz abituriyentlar uchun ajratilgan 5 yillik staj asosidagi 500 talik kvotaga da'vogar bo'lsangiz, arizalar 1-maydan boshlab qabul qilinishini yodda tuting. Batafsil ma'lumotlar bilan lex.uz — 4866624 normativ-huquqiy hujjatida tanishishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar