Bitiruvchilar uchun ishga joylashishdagi imtiyozlar

O‘zbekistonlik bitiruvchilar uchun ishga joylashishda qanday imtiyozlar mavjud? Mehnat kodeksidagi qulayliklar va soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot.

4
Bitiruvchilar uchun ishga joylashishdagi imtiyozlar

Bitiruvchilar uchun ishga joylashishdagi imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, yosh mutaxassislarni ish bilan ta'minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator imtiyozlar joriy etilgan. Ushbu qoidalar ham talabalar, ham endigina o‘qishni bitirgan yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Ish beruvchilar uchun soliq imtiyozlari

Ish beruvchilarni bitiruvchilarni ishga qabul qilishga rag‘batlantirish maqsadida yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi pasaytirilgan. Bunda:

  • Bitiruvchi ishga joylashgandan so‘ng birinchi yil davomida 50 foizga, ikkinchi va uchinchi yillarda esa 25 foizga kamaytiriladi.
  • Ushbu imtiyoz byudjet tashkilotlari, monopolistlar va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalarga tatbiq etilmaydi.

Mehnat shartnomasi va sinov muddati

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng uch yil ichida birinchi marotaba ishga kirayotganda ular bilan tuziladigan mehnat shartnomalarida dastlabki sinov muddati belgilanmaydi.

Ish beruvchining majburiyatlari

Mehnat kodeksining 247-1-moddasiga ko‘ra, davlat granti asosida o‘qigan bitiruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uch yillik muddat tugaguniga qadar ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinsa, ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart. Shuningdek, abituriyent va talabalar uchun ta'limga oid ko‘proq yangiliklarni infoedu.uz saytidan kuzatib borishingiz mumkin.

Qo‘shimcha imtiyozlar

  • Kollej va akademik litsey o‘quvchilariga STIR va ERI bepul tarzda taqdim etiladi.
  • Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yakka tartibdagi tadbirkorlarga yollanib ishlaganda, kollejni bitirgandan boshlab bir yil muddatga qat'iy belgilangan soliqdan ozod etilganlar.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar