Super-kontrakt talabalari uchun grant imkoniyati
2024-yil 24-mayda qabul qilingan PF-81-sonli Prezident Farmoni ta'lim tizimida muhim o'zgarishlarni boshlab berdi. Unga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan boshlab bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta'lim granti bir o'quv yili uchun ajratiladi.
Grantga o'tish tartibi qanday ishlaydi?
Ushbu yangilik faqat davlat granti asosida o'qishga kirganlar uchun emas, balki super-kontrakt orqali o'qishga qabul qilingan talabalar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ta'lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda quyidagi mezonlar asosida qayta taqsimlanadi:
- 1-kursda o'zlashtirish ko'rsatkichlarining yuqori bo'lishi;
- Akademik reyting natijalari;
- Ijtimoiy faollik.
Shu sababli, agar siz hozirda kirish ballari yo'nalishlar kesimida pastroq ball bilan super-kontrakt asosida o'qiyotgan bo'lsangiz, yuqori natijalar ko'rsatib, keyingi yildan grant asosida tahsil olishingiz mumkin.
Muhim eslatma
Mazkur tartib faqatgina 2024-2025 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan talabalarga nisbatan tatbiq etiladi. Hozirda barcha talabalar uchun ushbu tartibning aniq mexanizmlarini belgilovchi hukumat qarori va nizomi kutilmoqda.
Manba: infoedu.uz ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.