Bugun minglab yoshlar uchun unutilmas kun. 2026/2027-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barchani InfoEdu.uz jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz. Sizlar uchun yangi bosqich, yangi imkoniyatlar boshlandi.
Natijangizni hali ko‘rmaganlar mandat natijalari e‘lon qilindi haqidagi maqolamizdan qaysi usullar bilan tekshirish mumkinligini bilib olishi mumkin.
Kontraktga kirganlar uchun ham imkoniyat bor
Reklama
Grantga kirmagan, ammo kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar tushkunlikka tushmasin. Yaxshi o‘qisangiz, kelasi yili grant sohibiga aylanish imkoniyati ochiq — chunki endi davlat granti har yili qayta taqsimlanadi, har yili eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar grant egasiga aylanadi.
Kira olmaganlar uchun 3 ta imkoniyat
Test natijalari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmaganlar uchun ham bir nechta yo‘l ochiq:
- Super-kontrakt asosida talaba bo‘lish — grant yoki kontraktdan tashqari maxsus tartibda o‘qishga kirish imkoniyati;
- Vakant o‘rinlar ortib qolgan bo‘lsa, 6-yo‘nalish tanlash imkoniyatidan foydalanish — vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov qanday o‘tishi haqida batafsil yozgan edik;
- Xususiy oliygohlarga kirish — nodavlat oliygohlar ham munosib ta’lim va diplom taklif qiladi.
O‘qishga kira olmaganlar tushkunlikka tushmasin. Talabalikka tavsiya etilmaslik — hayot-mamot masalasi emas, bu shunchaki bir bosqichning natijasi. Hali sizlarni juda ko‘p yutuqlar kutib turibdi.
Qaysi yo‘lni tanlamang, har bir imkoniyatni sinab ko‘rishga arziydi. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.