Super-kontrakt orqali o‘qishga kirishni niyat qilgan abituriyentlar uchun muhim ogohlantirish — yotoqxonadan ko‘p umidvor bo‘lmaslik kerak.
Nega yotoqxonaga ishonib bo‘lmaydi?
Super-kontrakt narxlari tasdiqlanib, arizalar javobi chiqqunga qadar sentyabr oxiri — oktyabr boshi bo‘ladi. Shu vaqtga qadar yotoqxonaning 1-kurslar uchun ajratilgan qismi, katta ehtimol bilan, to‘liq tarqatilgan bo‘ladi.
Reklama
Albatta, 1–2 ta zaxira o‘rin qolishi mumkin, biroq bunga tayanib bo‘lmaydi. Shu sababli super-kontraktga kirishni rejalashtirganlar yotoqxona olaman deb hisoblamasligi kerak.
Endi nima qilish kerak?
Hozirdanoq ijara masalasini o‘ylab qo‘yish ma’qul — ertaga shoshilib qolmaslik uchun. Yotoqxonaga ariza topshirish tartibi haqida 1-kurs talabalari yotoqxonaga qachon ariza topshirishi haqida avvalroq yozgan edik.
InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring