Xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus sinovlarda o‘tish balini to‘play olmagan talabalar ham o‘qishini ko‘chirishi mumkin. Buning uchun qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida murojaat qilish yetarli.
Kimlar qanday ko‘chirishi mumkin?
2026-yil 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan sinovlarda o‘tish baliga teng yoki undan yuqori ball to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi. O‘tish balidan past to‘plaganlar esa arizasiga ko‘ra qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida murojaat qilishi mumkin.
Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori
Ballari bakalavriatga kirish uchun belgilangan minimal balldan kam bo‘lmagan va o‘tish baliga 4 ballgacha yetmagan talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori quyidagicha belgilanadi:
| Qancha yetmagan | Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt |
|---|---|
| 1,05 ballgacha | bazaviy kontraktning 1,5 baravari |
| 1,05-2,05 ballgacha | 2,0 baravari |
| 2,05-3,05 ballgacha | 2,5 baravari |
| 3,05-4,05 ballgacha | 3,0 baravari |
4 balldan ortiq yetmaganlar uchun
Minimal balldan kam bo‘lmagan, biroq o‘tish baliga 4 balldan ortiq yetmagan va o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabalar ham tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirilishi mumkin. Buning uchun birinchi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasining kamida 50 foizi to‘lanishi talab qilinadi.
So‘ngra talaba OTM rektori yoki direktori buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori esa oliy ta‘lim tashkiloti rahbari tomonidan belgilanadi. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish tartibi batafsil yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
















