InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Sovrin jamg‘armasi 20 000$ bo‘lgan “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi. G‘oliblar Dubayga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Ta’lim sohasidagi eng so’nggi yangiliklar quyidagicha: Qisqacha mazmun:Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko’magida O‘zbekistonda IT Park va Dubai Future Foundation tomonidan tashkil etilayotgan sport dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi 5-15- dekabr kunlari start oladi.Talablar: Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; […]

1
Sovrin jamg‘armasi 20 000$ bo‘lgan “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi. G‘oliblar Dubayga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar quyidagicha:

Qisqacha mazmun:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida O‘zbekistonda IT Park va Dubai Future Foundation tomonidan tashkil etilayotgan sport dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi 5-15- dekabr kunlari start oladi.
Talablar: Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; 16-30 yosh orasida bo‘lishi; IT sohasiga qiziqishga ega bo‘lishi; One Million Coders kurslaridan birini bitirganligi haqida sertifikatiga ega bo‘lishi; Chempionatda nechta bosqich bor?
G‘oliblar qanday mukofotlarga sazovor bo'lishadi?

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida O‘zbekistonda IT Park va Dubai Future Foundation tomonidan tashkil etilayotgan sport dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi 5-15- dekabr kunlari start oladi.

Talablar:

  • Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • 16-30 yosh orasida bo‘lishi;
  • IT sohasiga qiziqishga ega bo‘lishi;
  • One Million Coders kurslaridan birini bitirganligi haqida sertifikatiga ega bo‘lishi;

Chempionatda nechta bosqich bor?

Musobaqalar sport dasturlari va sun’iy intellekt bo‘yicha alohida o‘tkaziladi va g‘oliblar ikki bosqichda – saralash (onlayn) va yakuniy (oflayn) bosqichlarda aniqlanadi.

G‘oliblar qanday mukofotlarga sazovor bo'lishadi?

Chempionatning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 2 tadan jami 4 nafar g‘olib aniqlanadi. G‘olib bolgan ishtirokchilar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘ladilar:

  • 1-o‘rin – $6500 AQSH dollar
  • 2-o‘rin – $3500 AQSH dollar

Ishtirok etish uchun 1-dekabrgacha https://cabinet.sport-programming.uz havolasida ro'yxatdan o'tish kerak.

Batafsil ma’lumotni IT Park Cup veb-saytidan bilishingiz mumkin: https://sport-programming.uz

Savollaringiz bormi?

Telefon raqam: +998 71 209 11 99

Elektron pochta manzili: info@it-park.uz



Manba: oliygoh.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar