Sinfda davomat pastligi uchun sinf rahbari jazolanishi kerakmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga ko‘ra, o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida o‘quvchilarning davomatini tekshirish va sinf jurnaliga kiritish belgilangan. Biroq, bu majburiyatlar ichida o‘quvchilarni sinfda bo‘lishini ta’minlash vazifasi ko‘rsatilmagan.
Huquqiy asoslar va o‘qituvchi majburiyatlari
Shu sababli, o‘quvchilar davomatining pastligi uchun sinf rahbariga intizomiy jazo chorasi qo‘llash noto‘g‘ri hisoblanadi. Bu holatda intizomiy jazo o‘qituvchining harakatlariga nomutanosibdir. Mehnat kodeksining 301 va 313-moddalariga ko‘ra, o‘qituvchi o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tuman adliya bo‘limi yoki Davlat mehnat huquqi inspektoriga murojaat qilishi mumkin.
Ta'lim sifatini oshirish va dars jarayonlarini samarali tashkil etishda pedagoglarning o'z huquqlarini bilishi muhim. Shuningdek, malakali pedagoglar uchun pedagog attestatsiya jarayonlari va yangiliklardan xabardor bo'lish ham dolzarb hisoblanadi.
Ota-onalarning javobgarligi
O‘quvchilarning darsga kelmasligida asosiy javobgarlik ota-onalarga yuklatiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish majburiyatlarini bajarmasalar, ularga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha jarima solinishi mumkin.
- O‘qituvchi majburiyati: davomatni qayd etish.
- Ota-ona majburiyati: o‘quvchining maktabga qatnashini ta’minlash.
- Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun barcha maqolalar bo‘limiga tashrif buyuring.
Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.