OTM talabasi bo‘lgan xodimlarga o‘quv ta’tillari berish tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, ishlaydigan talabalar uchun o‘quv ta’tillarini rasmiylashtirish tartibi yangilandi. Endilikda kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda beriladigan ta’til muddatlari aniq belgilab qo‘yildi.
O‘quv ta’tillari muddati
O‘quv ta’tili davomiyligi kurs va ta’lim shakliga qarab quyidagicha taqsimlanadi:
1-2-kurslar uchun:
- Kechki ta’lim (OTM) – kamida 20 kun
- Kechki ta’lim (o‘rta maxsus va professional ta’lim) – kamida 10 kun
- Sirtqi ta’lim (har qanday ta’lim muassasasi) – kamida 30 kun
3-kurs va undan yuqori kurslar uchun:
- Kechki ta’lim (OTM) – kamida 7 kun
- Kechki ta’lim (o‘rta maxsus va professional ta’lim) – kamida 20 kun
- Sirtqi ta’lim (har qanday ta’lim muassasasi) – kamida 40 kun
Yangi tartibning afzalliklari
Yangi tahrirdagi qoidalarga ko‘ra, sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarning o‘quv ta’tillari muddati aniq belgilandi va ish haqi saqlab qolinishi kafolatlandi. Bu o‘zgarishlar talabalar uchun qulay sharoit yaratish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Agar siz o‘qishni davom ettirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, oliygohlar haqidagi ma’lumotlarni tizimimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.