Kontrakt to‘lovini kechiktirgan talabani imtihonga kiritmaslik qonuniymi?

OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘liq to‘lamagan talabalarni yakuniy yoki oraliq imtihonlarga kiritmaslik qonuniymi? Huquqiy asoslar va to‘lov muddatlari bilan tanishing.

6
Kontrakt to‘lovini kechiktirgan talabani imtihonga kiritmaslik qonuniymi?

Kontrakt to‘lamagan talabani imtihondan chetlatish mumkinmi?

Ko‘pgina talabalarda kontrakt to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun imtihonlarga kiritmaslik holatlari bo‘yicha savollar tug‘iladi. Aslida, kontraktni to‘liq to‘lamaganlik yakuniy yoki oraliq nazoratlarga kiritmaslik uchun asos bo‘la olmaydi.

Agar talaba kontrakt to‘lovini umuman amalga oshirmagan bo‘lsa, OTM ma’muriyati uni belgilangan tartibda talabalar safidan chetlatish huquqiga ega. Biroq, talabani oraliq yoki yakuniy imtihonga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish yoki darsga kiritmay "NB" qo‘yish kabi harakatlar g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bu boradagi qo‘shimcha ma’lumotlarni talabalar uchun ajratilgan bo‘limdan topishingiz mumkin.

Kontrakt to‘lash muddatlari qanday?

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlari quyidagicha belgilangan:

  • 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) – talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kamida 25 foizi;
  • 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha) – ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun kamida 25 foizi;
  • 1-yanvargacha – kamida 50 foizi;
  • 1-aprelgacha – kamida 75 foizi;
  • 1-iyulgacha – 100 foizi (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha).

Xorijiy fuqarolar uchun to‘lov muddatlari OTM rahbariyati tomonidan alohida belgilanadi. Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar va oliygohlar kirish ballari haqidagi ma’lumotlar bilan doimiy tanishib borish tavsiya etiladi. Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar