Hukumatning tegishli qarori bilan pedagoglar uchun attestatsiya va milliy sertifikat imtihoni to‘lovlari 50 foizga arzonlashdi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qarori bilan hukumatning bir qancha qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra milliy sertifikat hamda chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlarda qatnashish uchun pedagog kadrlardan amaldagi summaning yarmi undiriladi.
Imtiyoz arizada belgilanadi
Reklama
Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun arizalar qabul qilish yopilgan. Ko‘plab pedagoglar ariza topshirishda imtiyozdan foydalanishni belgilamay ketgan va shu sababli to‘lovni to‘liq miqdorda amalga oshirgan.
Arizani tahrirlash imkoniyati
Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, limit belgilangani uchun ariza berish birinchi kunning o‘zidayoq tugagan. Shundan kelib chiqib arizalarni qayta yuborish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas.
Bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qayta ariza
Biroq to‘lov muddati yakunlangandan keyin imtihon to‘lovini qilmagan va arizasi bekor qilingan talabgorlar evaziga bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun ariza topshirish yana ochiladi. Imtiyozdan foydalana olmagan pedagoglar o‘sha paytda yangi ariza berib, imtiyozni belgilab o‘tishi mumkin.
Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish tartibidagi o‘zgarishlar haqida alohida materialimizda yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring